Endi yuqori barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlarda tekshiruvlar o‘tkazilmaydi

11:46 23 Oktyabr 2024 Siyosat
269 0

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Senatning ellik to‘qqizinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Qonun bilan Soliq kodeksiga yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun rag‘batlantirish choralari joriy etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Kodeksga tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi tushunchasi kiritilmoqda.

Yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan soliqlar bo‘yicha (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i mustasno) ortiqcha to‘langan summani qaytarish uch kunlik muddatda amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi bo‘yicha “AAA” toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan esa soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (bundan jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar mustasno).

Mazkur toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash kameral soliq tekshiruvidan o‘tkazilmasdan bir kunlik muddatda amalga oshiriladi.

Mazkur Qonun soliqlarni o‘z vaqtida to‘layotgan va qonunchilik talablariga muvofiq faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga hamda ularni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Qizg‘in muhokamadan so‘ng Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер