Endi YouTube ham Tramp akkauntini “muzlatib” qoʻydi

YouTube videoxostingi ham AQSH prezidenti akkauntini kamida bir haftaga qulflab qoʻydi. Ushbu muddat yana uzaytirilishi mumkin, deb xabar berdi CNN.
Kanal bayonotiga koʻra, Trampning yaqinda chiqqan videosi “zoʻravonlikni kuchaytirib yuborgani” uchun tarmoqdan oʻchirildi.
Lekin ushbu qaror bir hafta oʻtib yana qayta koʻrib chiqiladi. Bundan oldin Twitter, Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlar ham AQSH davlat rahbari sahifalarini nomaʼlum muddatga bloklab qoʻygani haqida xabar bergan edik. Zoʻravonlikka undash borasidagi ayblov bunga sabab qilib koʻrsatildi.
Shundan soʻng Tramp mazkur cheklovlarni soʻz erkinligiga misli koʻrilmagan zarba deb atadi.
Xabaringiz bor, u 6-yanvar kuni Oq uyda boʻlib oʻtgan mitingda tarafdorlarini saylov natijalariga eʼtiroz bildirish, buning uchun Kapitoliyga borib, “kuchsiz respublikachilarga yordam berish”ga chaqirgandi. Shundan soʻng namoyishchilar kongress binosiga bostirib kirib, Jo Baydenning saylovdagi gʻalabasi tasdiqlangan qoʻshma sessiya ishini toʻxtatib qoʻygandi.
Kongress aʼzolari esa zudlik bilan xavfsiz joyga koʻchirilib, bir necha soat tiqilinchda kutib turishga majbur boʻlishdi.
Mazkur hujum oqibatida besh kishi halok boʻldi. Demokratlar esa vitse-prezident Mayk Pensdan oʻz huquqidan foydalangan holda Trampni muddatidan oldin lavozimidan chetlatish taklifini bildirishga hamon chaqirmoqda. Pens esa ularning daʼvatini rad etyapti.
Ammo Demokratlarda zaxira rejasi ham bor. Ular Trampni isyon koʻtarishga undashda ayblab, uning impichmenti masalasini Vakillar palatasiga kiritishga qaror qilgan. Impichment masalasi bugun koʻrib chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring