Endi transport vaziri Mahkamov ham uygʻonadigan vaqt keldi — Shavkat Mirziyoyev
Foto: president.uz
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
“Endi transport vaziri Mahkamov ham uygʻonadigan vaqt keldi”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Transport vazirligiga:
— barcha davlatlarning aviatsiyaga masʼul idoralariga Samarqand aeroportida xorijiy aviakompaniyalar reyslari va yoʻnalishlariga boʻlgan barcha cheklovlar olib tashlanganini yetkazish;
— xorijiy aviakompaniyalar bilan kelishuvga erishib, Samarqandga Yevropa, Osiyo, Amerika, Arab davlatlari hamda qoʻshni mamlakatlardan kuniga kamida 10 ta xalqaro reyslarni yoʻlga qoʻyish;
— vodiy, Nukus, Urganch va Termizdan har kuni kamida 1 ta aviaqatnovni yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda Samarqandda bir yillik xalqaro uchrashuvlar va anjumanlarni oʻtkazish dasturini tasdiqlash topshirigʻi berildi.
Umuman, besh kun muddatda Samarqanddagi yangi majmualarni ishlatish, buning uchun qoʻshimcha imtiyoz va yengilliklar berish boʻyicha alohida qaror loyihasini ishlab chiqish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring