Endi Toshkentdan Urganchgacha 14 soatda emas, 7 soatda borish mumkin
Urganch shahrining oʻzida 100 ta zamonaviy avtobusga ehtiyoj borligi qayd etildi.
Tadbirkorlar bilan birgalikda bu yil 80 ta, keyingi yil yana 20 ta zamonaviy avtobus va 50 ta mikroavtobus olib kelinishi, Qoʻshkoʻpir, Xonqa, Yangibozor, Xiva shahrida 4 ta yangi avtostansiya qurilishi, yil yakunigacha 10 ta yangi zamonaviy trolleybus xarid qilinishi belgilandi.
“Buxoro-Xiva” temir yoʻlini elektrlashtirish yakunlandi. Natijada yoʻlovchi tashish 500 mingdan 3,3 millionga, yuk tashish 1,1 million tonnadan 5,8 million tonnaga yetadi.
Mutasaddilarga kelgusi yilda 6 ta tezyurar elektropoyezd olib kelish topshirildi. Natijada Toshkentdan Urganchga yetib kelish 14 soatdan 7 soatga, Buxorodan Xivagacha esa 6 soatdan 3 soatga qisqaradi.
2025-yilda Gurlanda yangi temir yoʻl vokzali qurilishi, Hazoraspdagi vokzal rekonstruksiya qilinishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring