Endi tibbiyot tizimi rahbarlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamda mahalla fuqarolar yigʻinlarida hisobot beradi
Prezidentning tegishli qaroriga koʻra, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab tibbiyot tizimi rahbarlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamda mahalla fuqarolar yigʻinlarida hisobot berish tartibi joriy qilinadi.
Endilikda:
— tuman va shahar koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi, oilaviy poliklinikalar hamda oilaviy shifokor punktlari mudirlari mahalla fuqarolar yigʻinlarida,
— tuman va shahar tibbiyot birlashmalari rahbarlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida,
— viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari xalq deputatlari viloyat Kengashlarida hisobot beradi.
Shuningdek, 2022-yil 1-oktyabrga qadar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridagi tibbiy jihozlar xatlovdan oʻtkaziladi.
Jumladan, nosoz tibbiy jihozlarni aniqlab, ularni soz holatga keltirish yoki yangisiga almashtirish uchun zarur mablagʻlar hisob-kitob qilinadi.
2022-yilda tibbiy jihozlar hisobini va nazoratini yuritish boʻyicha elektron platforma Sirdaryo viloyatida tajriba tariqasida, keyinchalik 2023-yildan boshqa hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring