Endi mamlakatimizning yana 6 ta hududida oʻquvchilar uchun DELF imtihonlarini topshirish imkoniyati yaratiladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan hamkorligida umumtaʼlim maktablarining fransuz tili ustozlari bilan uchrashuv hamda taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, Fransiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez, vazirlik mutasaddilari hamda pedagoglar ishtirok etdi. Vazir H. Umarova tadbirni kirish soʻzi bilan ochib berdi hamda soʻnggi yillarda hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalar va kelgusidagi rejalar haqida soʻz yuritdi.
Shundan soʻng, DELF xalqaro sertifikati sinovlaridan eng yaxshi natija qayd etgan ustozlarga sertifikatlar topshirildi.
Maʼlumot uchun aytish joizki, 2024-yilda vazirlik hamda Fransiya elchixonasi hamkorligida yurtimiz maktablarida faoliyat yuritayotgan 120 nafar fransuz tili oʻqituvchisi Fransiyaga grant asosida oʻqishga yuborildi.
Tadbirdan soʻng Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti binosi boʻylab ekskursiya tashkil etildi va institut kutubxonasiga sovgʻa qilingan 380 ta fransuz tilidagi kitoblar qabul qilib olindi.
Shuningdek, tadbir doirasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va elchixona oʻrtasida maktab oʻquvchilari uchun “DELF SCOLAIRE” imtihon markazlarini tashkil etish boʻyicha shartnoma ham imzolandi.
Ushbu shartnoma Fransiya Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy diplomi boʻlgan Fransuz tili taʼlimi diplomining maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan shakli (DELF scolaire) endilikda nafaqat Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Fransuz Alyansi markazlarida, balki Oʻzbekistondagi yana 6 ta hududdagi umumtaʼlim maktablarida topshirish imkoniyati yaratildi.
Shahzoda ERGASHEVA,
OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring