Endi kredit tarixini berkitib qoʻyish mumkin boʻladi
2024-yilning 20-iyun sanasidan boshlab fuqaroning ruxsatisiz kredit tarixini hech kim oʻrgana olmaydi.
Maʼlum boʻlishicha, «Kredit-axborot tahliliy markazi» kredit byurosi kredit axboroti subyektlarining kredit tarixi va unga oid maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida «FREEZE» xizmatini ishga tushirmoqda. Xizmat hozirda test rejimida ishlaydi.
Bunda mazkur xizmat orqali kredit axboroti subyektlari (jismoniy shaxslar) oʻzlarining kredit tarixlarini «Kredit-axborot tahliliy markazi» kredit byurosi orqali olinishiga taqiq qoʻyishlari mumkin boʻladi. Yaʼni, fuqaro oʻzining kredit tarixini tekshirishga toʻsiq qoʻya oladi.
Shunda kredit tarixi jismoniy shaxsning roziligi va xabarisiz oʻrganilishining oldi olinadi.
Ushbu xizmatdan dastlab test rejimida www.infokredit.uz veb-sayti orqali bepul foydalanish mumkin boʻladi.
Biroq 2025-yil 1-yanvardan xizmat pullik tarzda amalga oshiriladi. Bunda narx BHMning 0,03 barobari miqdorida(QQSni hisobga olmagan holda) boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring