Endi yoʻldagi kamchiliklar haqida xabar berish mumkin

14:18 08 Yanvar 2025 Jamiyat
242 0

Fuqarolar ishlamayotgan svetoforlar, oʻchib ketgan yoki notoʻgʻri chizilgan yoʻl chiziqlari, shuningdek, notoʻgʻri oʻrnatilgan, toʻsib qoʻyilgan yoʻl belgilariga duch kelgan taqdirda, Toshkent shahar YHXB huzuridagi Ekspluatatsiya-montaj boshqarmasining dispetcherlik xizmatiga murojaat qilishlari mumkin.

Buning uchun (+71) 294-29-82 raqamiga qoʻngʻiroq qilish kerak boʻladi.

Murojaatlar maxsus tartibda oʻrganilib, qisqa fursatlarda yoʻldagi muammolar bartaraf etilishi taʼminlanadi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur xizmat kelgusida yurtimizning barcha hududlarida ham yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?