Endi Green Card lotereyasida ishtirok etish pullik boʻladi
AQSH Davlat departamenti Green Card nomi bilan mashhur boʻlgan Diversity Visa lotereyasida roʻyxatdan oʻtish uchun yangi toʻlov joriy etilganini maʼlum qildi.
Maʼlumotga koʻra, 16-sentyabrdan boshlab ariza topshirish uchun 1 dollarlik yigʻim amal qiladi. Shu bilan birga, lotereyada gʻolib chiqqanlar vizani keyinchalik rasmiylashtirish uchun toʻlaydigan $330 miqdoridagi toʻlov oʻzgarishsiz qoladi.
Rasmiy izohda aytilishicha, yangi yigʻim sistema xizmat koʻrsatish, maʼlumotlarni saqlash, avtomatik saralash va xavfsizlik tekshiruvlari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga xizmat qiladi. Shuningdek, u soxta va firibgarlik arizalarini kamaytirishi kutilmoqda. Yigʻim yiliga taxminan 25 million dollar qoʻshimcha daromad keltirishi mumkin.
Taʼkidlash joizki, avval Green Card lotereyasida ishtirok etish mutlaqo bepul edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring