Endi “ChatGPT” barcha suhbatlarni eslab qoladi
“OpenAI” kompaniyasi oʻzining “ChatGPT” chat-boti uchun yangilanish taqdim etdi. Bu haqda kompaniyaning “X” sahifasida maʼlum qilingan.
Unga koʻra, endilikda chat-bot foydalanuvchi bilan boʻlgan barcha avvalgi suhbatlar tarixini eslab qoladi va shu asosda aniqroq javoblar beradi. Bu funksiya matn yozish, tavsiyalar yoki taʼlim jarayonlarida juda qoʻl keladi.
Tizim yangi funksiya orqali insonning qiziqishlarini tahlil qilib, shaxsiylashtirilgan javoblar taqdim eta oladi. Bu imkoniyat 2025-yil 10-apreldan boshlab “Plus” va “Pro” obunachilari uchun amal qilishni boshlagan.
Taʼkidlash joiz, hozircha bu yangilanishdan Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Norvegiya, Islandiya va Lixtenshteynda yashovchilar foydalana olmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring