Endi avtoulovning oʻzida davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin
Namangan shahar davlat xizmatlari markazi fuqarolarga yana bir qulaylikni taqdim etdi. Gap shundaki, endilikda markazga kelgan fuqaro binoga kirish va u yerda navbat kutishiga hojat qolmadi. Chunki yagona darcha tamoyili asosida fuqaroga avtoulovidan tushmagan holda davlat xizmatlari koʻrsatiladigan boʻldi.
Yangilik joriy etilishi natijasida bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga elektron navbatga qoʻyish, pensiya haqida maʼlumotnoma olish, elektr, gaz va ichimlik suvi hisoblagichlarini plombalash va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun arizalarni toʻldirish ishlarini avtoulovning oʻzida bajarish mumkin. Mazkur qulaylik birinchi navbatda imkoniyati cheklangan, nogironligi bor va keksa yoshdagi fuqarolarga moʻljallangan. Aynan ushbu xizmatdan haftaning dushanba va chorshanba kunlari foydalanish belgilab qoʻyildi.
Q. NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring