Emlanganlikni tasdiqlovchi elektron sertifikatni qanday olish mumkin?

23:58 19 Avgust 2021 Jamiyat
9746 0

Yagona portal orqali “Koronavirusga qarshi emlash”ga elektron tarzda navbatga turish va emlash toʻliq yakunlangach tegishli sertifikatni yuklab olish mumkin deya xabar bermoqda “Vaksinauz” telegram kanali.

COVID-19ga qarshi emlash bosqichlaridan toʻliq oʻtgan shaxslar maxsus sertifikat bilan davlat muassasalari, restoran va ommaviy tadbirlarga tashrif buyurishlari mumkin.

Endilikda mazkur xizmatdan my.gov.uz mobil ilovasi orqali ham foydalanib, istalgan vaqtda navbatga yozilish va elektron sertifikatni yuklab olish imkoniyati mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?