Emir Kusturitsa: “Gollivud – bu kino qabristoni”
Gollivud hattoki erkinlik asosiy gʻoya sifatida ilgari surilsa ham har doim haddan tashqari gʻoyaviy boʻlib kelgan. Men buni yangi din deb atayman, u odamlarni muayyan jamiyatning bir qismi boʻlish va ularni hayajonlantirish uchun yaratilgan. Toʻgʻri, juda mashhur filmlar Gollivudda ishlab chiqarilgan, ammo men uchun Gollivud – bu kino qabristoni.
Bugun eng yaxshi filmlar Eron va Rossiyada, baʼzan Serbiya kabi kichik mamlakatlarda suratga olinmoqda, bu yerda odamlarning hali ham aytadigan gaplari bor. Yirik davlatlar inson hayotini emas, balki video oʻyinlarni namoyish etishadi. Festival tashkilotchilari filmlarni futbol murabbiyi kabi tanlashadi. Endi festivallar Antonioni davridagi kabi emas yoki hech boʻlmaganda 80-yillar darajasida ham emas.
Kinoda inqilob qila oladigan odam paydo boʻlmaguncha, biz – katta avlod noroziligimizni bildirishimiz kerak. Men pessimist emasman, shunchaki haqiqatni aytmoqchiman: talabalik davrida biz Bergman, Fellinining yangi filmlarini intiqlik bilan kutardik va ularning ishlarini tomosha qilardik.
Bugungi kunda festivallar mualliflardan koʻra muhimroqdir. Va shuning uchun festivallarni tanqid qilaman. Buni yaxshi tushunasiz: biz dunyo va dunyo madaniyatini oʻzgartira olmaymiz. Ammo men bunga qodir boʻlgan odamlar borligiga ishonaman. Pessimizm va yangi haqiqatni muvozanatlashtiradigan yangi energiya paydo boʻlishiga umid qilaman.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring