Yelisey saroyida Oʻzbekiston Prezidenti sharafiga qabul marosimi boʻlib oʻtdi

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron Yelisey saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sharafiga davlat qabul marosimini uyushtirdi.
Qabulda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari, Fransiya Bosh vaziri Fransua Bayru boshchiligida Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, taniqli madaniyat, sanʼat va fan arboblari, ishbilarmon doiralar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari Emmanuel Makron va uning rafiqasi Brijit Makronga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, bugun boʻlib oʻtgan muzokaralar tarixiy ahamiyatga ega ekanini, ularning natijasida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga koʻtarilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Fransiya yetakchisi bugun oʻtkazilgan muzokaralar natijalarini va imzolangan bitimlarni olqishladi.
— Bir necha yil ichida biz energetika, suv resurslarini boshqarish, kommunal xizmatlar, transport, barqaror turizm kabi muhim sohalarda uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga erishdik. Buning dalili sifatida Fransiya hukumati va Fransiya taraqqiyot agentligi koʻmagida fransuz kompaniyalari Oʻzbekistonga investitsiya kiritayotgani, hududlarda qoʻshilgan qiymat va ish oʻrinlari yaratilayotgani, yoshlar kasb oʻrganib, hayotda oʻz oʻrnini topayotganini keltirishim mumkin, — dedi Emmanuel Makron.
Tomonlar xalqlarimiz farovonligi yoʻlida Oʻzbekiston-Fransiya hamkorligini yanada mustahkamlashga qatʼiy intilishlarini bildirdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Aziz Toshpoʻlatov Ichki ishlar vaziri boʻldi
- Eldor Shomurodov “Roma” klubining fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
- IIV sobiq rahbari Poʻlat Bobojonov yangi lavozimga tayinlandi
- Navoiyda 8-sinf oʻquvchisi farzandli boʻldi
- Oʻzbekistonda 8-iyundan chiqindidan qarzdorlar elektr uchun toʻlov qilolmaydi
- “Tilimizga befarq boʻlmang!” Atamalar komissiyasi 30 ta xorijiy soʻz uchun oʻzbekcha muqobil taklif qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring