Elektrikning xatosi tufayli maktab oʻquvchisi halok boʻldi
Toshkent shahri Yunusobod tumani ochiq sud majlisida tumandagi 2-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi elektrigi Bahodir Rametovning (ism-familiyasi oʻzgartirilgan) ishi koʻrildi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar berdi.
U maktabda elektr xavfsizligini taʼminlashga masʼul boʻlgan shaxs sifatida suzish basseyniga oʻrnatilgan havo namligini quritib va isitib beruvchi “ChKA WAI” elektr qurilmasini normativ tarzda belgilab qoʻyilgan qoidalarga mos va ularga rioya qilgan holda texnik ekspluatatsiya qilishga javobgar boʻlsa-da, vazifasiga nisbatan beparvo munosabatda boʻlgan. Yaʼni elektr qurilmasining tashqi qobiq qismidan yerga ulanish ishlari bajarilmagani oqibatida qurilmaga keladigan elektr toki tashqi hududga tarqalib, suzish basseynida mashgʻulotlar bilan shugʻullanuvchi oʻsmirlar hayotiga xavf soluvchi manbaga aylangan. Bu esa bir insonning hayotdan bevaqt koʻz yumishiga sabab boʻldi.
Sport maktabining suzish basseynida shugʻullanayotgan maktabning 11 yoshli oʻquvchisi Jamshid Yunusov basseyndan chiqib, elektr qurilmasining oldiga kelganida suzishda foydalanadigan koʻz oynagi yerga tushib, sirpanib, qurilmaning tagiga kirib ketgan. Oʻsmir yigitcha elektr qurilmasi ostidan koʻz oynagini olmoqchi boʻlganida uni elektr toki urib, koʻrsatilgan birinchi tibbiy yordamga qaramasdan, shu yerning oʻzida vafot etgan.
Bahodir Rametov Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 116-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 72-moddasiga asosan tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosi shartli hisoblanib, 2 yil sinov muddati belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring