Elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib olganlar davlat va jamiyat manfaatlariga qariyb 430 million soʻm zarar yetkazdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Maʼlum qilinishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida “A.B.” MCHJ rahbari F.A. Chinoz tumani, “Afgʻon” MFY hududidagi maktab oshxonasida tijorat maqsadida elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib olganligi fosh qilingan.
Mazkur qonunbuzilish holati natijasida jami 248,4 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi yana bir holat, Departamentning Uchqoʻrgʻon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ham aniqlangan.
Unga koʻra, fuqaro D.T. davlat roʻyxatidan oʻtmasdan novvoychilik bilan shugʻullanib, 209,7 mln soʻmlik tabiiy gazdan, fuqaro B.Ch. “Qozoqovul” MFY hududidagi xonadonida yashirin faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarish sexida tijorat maqsadida elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 178,9 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh qilingan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi departament xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring