Eldor Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Rim klubining murabbiylar borasidagi muvaffaqiyatsizligi davom etadi
Oʻzbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov toʻp surayotgan Italiyaning “Roma” futbol klubi bosh murabbiyi Ivan Yurichni isteʼfoga chiqardi. Bu qaror jamoaning “Bolonya”ga 3:2 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng qabul qilindi. Bu haqda “BBC Sports” xabar berdi.
Qayd etish kerakki, Yurich jamoani atigi 12 oʻyinda boshqardi. Xorvatiyalik 49 yoshli murabbiy sentyabr oyida Daniyele De Rossining oʻrniga tayinlangan edi. De Rossi esa Joze Mourinyo ketganidan soʻng sakkiz oy davomida jamoani boshqargan. Yurich boshchiligida “Roma” 4 ta gʻalaba, 3 durang va 5 ta magʻlubiyat qayd etdi.
“Roma” egasi “The Friedkin Group” Yurichning mehnatini qadrlab, unga minnatdorchilik bildirdi. Ular yangi bosh murabbiy izlash jarayoni boshlanganini va yaqin kunlarda eʼlon qilinishini maʼlum qilishdi. Hozirda jamoa A Seriyada 12-oʻrinda va Yevropa Ligasida 20-oʻrinda bormoqda.
Maʼlum qilish kerakki, Eldor Shomurodov “Roma” safida toʻp surmoqda. Yangi murabbiy tayinlanishi Shomurodovning jamoada oʻrni va oʻyin vaqtiga taʼsir qilishi mumkin. Boʻlajak “boʻrilar” yoʻlboshchisi lavozimiga nomzodlar orasida sobiq Italiya va “Manchester Siti” murabbiyi Roberto Manchini va Klaudio Ranerri nomzodlari koʻproq tilga olinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring