Eldor Shomurodov “Roma” klubining fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Italiyaning “Roma” klubi fevral oyi yakunlariga koʻra, oyning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ovoz berish jarayonlari yakunlanganini eʼlon qildi. Bu haqida klub oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida maʼlum qilgan.
Soʻrovnoma natijalariga koʻra, hamyurtimiz Eldor Shomurodov eng koʻp ovoz toʻplagan holda “Roma” klubi safida fevral oyining eng yaxshi futbolchisiga aylandi.
Qayd etish joizki, oʻzbekistonlik hujumchi klub rasmiy saytidagi ovoz berish jarayonida Dibala, Anxelino, Chelik va Sule kabi futbolchilarni ortda qoldirgan holda oy futbolchisi nomiga sazovor boʻlgan.
Maʼlumot uchun, Shomurodov Rim klubidagi 4-yillik faoliyati davomida ilk bor oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.
Eslatib oʻtamiz, Eldor Shomurodov “A Seriya”ning 26-turi doirasida “Monsa”ga qarshi bahsda gol va assist qayd etib, tur ramziy jamoasidan oʻrin olgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring