Eldor Shomurodov debyut goli urdi, ammo “Istanbul Bashakshehir” magʻlubiyatga uchradi
13-sentyabr kuni Turkiya Superligasining navbatdagi turidan oʻrin olgan bellashuvda oʻzbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev toʻp surgan “Istanbul Bashakshehir” jamoasi safarda “Beshiktosh” mehmoni boʻldi.
Uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi.
Hisobni 71-daqiqada Eldor Shomurodov ochdi. U Denis Turuchning uzatmasini ishonchli ravishda golga aylantirdi.
Biroq oradan uch daqiqa oʻtib, El Bilol Ture hisobni tenglashtirdi. 90-daqiqada Chingiz Under “Beshiktosh”ga gʻalaba keltiruvchi golni kiritdi.
“Sofascore” maʼlumotlariga koʻra, Shomurodov oʻyindagi harakatlari uchun 7,6 ball bilan jamoasi tarkibida eng yuqori bahoga sazovor boʻldi.
Abbosbek Fayzullayev esa 90-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Uning bir necha daqiqalik harakatlari 6,7 ball bilan baholandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring