El ardogʻidagi fayzli maskan

15:58 09 Dekabr 2025 Jamiyat
187 0

Chor atrofi qardosh Qirgʻiziston Respublikasi yerlari va togʻlar bilan qurshalgan anklav hudud –togʻlar vodiysi Shohimardonda joylashgan muzeyimizning oʻziga xos tarixi bor. U 1989-yili shoir Hamza Hakimzoda Niyoziy tavalludining 100-yilligi munosabati bilan Umumjahon madaniy merosini asrash, fan va madaniyatni rivojlantirishga xizmat etuvchi xalqaro tashkilot YUNESKO tomonidan ochilgan. Oʻtgan yillarda bu joyga koʻp tarix va adabiyotga qiziqqan kishilar qadami yetib, omma uchun aziz ziyoratgohga aylandi.

Moziygoh hududi 2 gektardan iborat, 200dan oshiq zina bosib chiqiladigan tepalikda joylashgani bois u joydan Shohimardon qishlogʻi kaftdagidek koʻrinadi. Muzeydan tashqari Hazrati Ali (ha, rivoyat qilishlaricha dinimizda ulugʻlardan sanaluvchi toʻrt chahoryorlardan birini qabri shu joyda), Shohi Tolib va shoir Hamzaning maqbarasi bizning tasarrufimizda. Muzeyimiz ichida 7ta zal mavjud boʻlib, 150-200-yil oldingi rangtasvir asarlari, uy-roʻzgʻor va zargarlik buyumlaridan iborat eksponatlar qoʻyilgan.

Shu oʻrinda viloyatimiz hokimi, senator Hayrullo Bozorov keyingi yillarda olib borilgan kapital taʼmirlash ishlarida rahnamolik koʻrsatgani, Fargʻona Davlat Universiteti tarix, geografiya fakultetlari ustozlariga ichki zallarni bezatishda bergan maslahatlari uchun minnatdorchilik bildirib oʻtamiz. Shu yordamlar tufayli goʻzal qiyofa kasb etib, ancha obodonlashgan muzeyimizga joriy yilning yoz va kuz oylarida Respublikamizning turli shahar-viloyatlari, Xitoy, Koreya kabi doʻst davlatlardan turistik guruhlar vakillari tashrif buyurdilar. Ularda muzeydan tashqari maqbaralar ham ajoyib taassurot qoldirganligi, yana koʻp marotaba kelishni niyat qilganliklariga guvoh boʻldik. Akbatta, sayohat-sayyohlar bizga moddiy. tomondan ham foyda keltirmoqda.

Yaqinlashayotgan yangi 2026-yilda oldimizga qoʻygan vazifa, qiladigan ishlarimiz koʻp. Muzeyi maqbaralarni bezatish ishi oxiriga yetkazilib, viloyat hokimi va Fargʻona viloyat tarix-oʻlkashunoslik muzeyi direktori Elyorbek Rahimov koʻmaklari bilan turli tillarni biladigan gidlar ishga olinadi, muzey ichiga monitor ekranlari oʻrnatiladi. Muzeyni kelayotgan xorijlik sayohatchilarga ham yoqadigan poytaxt darajasidagi joyga aylantiramiz. Tez-tez madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib, yosh olimlar tadqiqot olib borishlariga yaxshi sharoit yaratib, xalq maʼnaviyatini yanada oshirishni ham niyat qildik.

Gulnozxon NAJMIDDINOVA,

Fargʻona viloyatidagi Shohimardon tarixi, tabiati va Hamza Niyoziy muzeyi rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?