Eksportga subsidiya va kompensatsiyalar 2025-yilda ham taqdim etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarining Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirilishi munosabati bilan ayrim hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Farmonga koʻra, eksportga oid moliyalashtirish va xarajatlarni kompensatsiya qilishda bir qator oʻzgarishlar joriy etildi.
Farmonga muvofiq, eksport qiluvchi tashkilotlarning 2024-yil 31-dekabrga qadar amalga oshirgan eksporti uchun 2025-yil 1-fevralgacha subsidiya va kompensatsiyalar taqdim etiladi. Bunda avtomobil, havo va temir yoʻl transportidagi eksportga tashish xarajatlarini kompensatsiya qilish amaliyoti 2025-yildan boshlab bekor qilinadi.
Eksportni moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilib, uni Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiqlashtirish maqsadida islohotlar amalga oshiriladi. Bu oʻzgarishlar xalqaro savdo qoidalariga moslashish va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan.
Yangi tartiblar 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. Farmon eksport sohasidagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni samarali tashkil etish hamda milliy savdoni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishda muhim qadam boʻladi.
Ushbu islohotlar orqali eksport qiluvchi tashkilotlar uchun yangi imkoniyatlar yaratilishi, shu bilan birga, Jahon savdo tashkiloti talablariga javob beradigan mustahkam asos shakllanishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring