Ekologiya qoʻmitasi qurilish tashkilotlarini havoni ifloslantirmaslik boʻyicha ogohlantirdi
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi barcha qurilish tashkilotlariga qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha belgilangan talablarga soʻzsiz rioya etilishi shart ekanligi borasida tegishli ogohnoma xatlari yoʻlladi.

Unda qayd etilishicha, amaldagi qonunchilikka koʻra, barcha qurilish tashkilotlari quyidagi talablarni bajarishga majbur:
• qurilish jarayonida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishiga yoʻl qoʻymaslik;
• qurilish maydoniga kirib-chiqish yoʻlaklarida osma yomgʻirlatkich va suv purkagichlar oʻrnatish;
• avtotransport vositalari gʻildiraklarini majburiy tarzda yuvish uchun yuvish shoxobchasini tashkil etish;
• chang tarqalishining oldini olish maqsadida qurilish maydonini toʻsiqlar, himoya qoplamalari va maxsus materiallar bilan jihozlash.
“Mazkur talablar bajarilmagan taqdirda, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksga muvofiq jarima va boshqa maʼmuriy choralar qoʻllanilishi, shuningdek, faoliyat 10 ish kunigacha toʻxtatilishi yoki belgilangan tartibda butunlay tugatilishi mumkin”, deyiladi qoʻmita xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring