Ekologik tashabbuslarni amalga oshirishda parlamentlar roli muhokama qilindi
Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yigʻilishi doirasida “Barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish: ekologik tashabbuslarni amalga oshirishni taʼminlashda parlamentlar roli” mavzusida sessiya tashkil etildi.
Sessiyada ekologik siyosatni ilgari surish, qonunchilik tashabbuslarini muvofiqlashtirish hamda mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilari parlamentlarning ekologik tashabbuslarni hayotga tatbiq etishdagi oʻrni, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilik bazasini takomillashtirish hamda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda qonun chiqaruvchi organlarning masʼuliyatiga alohida eʼtibor qaratdi.
Shuningdek, milliy ekologik siyosatni amalga oshirishda parlamentlarning institutsional rolini mustahkamlash masalalari boʻyicha fikr almashildi.
Muhokama chogʻida ishtirokchilar atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish va barqaror rivojlanish sohasida parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish muhim ekanini taʼkidladilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring