“Ekinga nima kerakligini oʻzi “soʻzlaydi”

15:10 17 Mart 2025 Jamiyat
69 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Buloqboshi tumanida sarimsoqpiyoz yetishtirish borasida katta tajriba maktabi yaratilgan. Shu bois tomorqasi bor har bir kishi uning hosilidan yaxshigina daromad olishni rejalashtiradi.

— Sarimsoqpiyoz yetishtirishni otalarimizdan oʻrganganmiz, — deydi “Royish” mahallasida yashovchi Nabijon Ahmadjonov. — Uning yaproqlariga qarab, nima haqida soʻzlayotganini tushunamiz. Qaysi paytda sugʻorish kerak, qachon agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish zarurligi haqida oʻzi “soʻzlab beradi”. Ekin bilan tillasha olganimiz uchun daromadimiz ham yaxshi. Misol uchun, shaxsan oʻzim 15 sotixdan iborat tomorqamda dehqonchilik qilaman. Yillik daromadim oʻrtacha 25 million soʻmni tashkil etadi.

Ushbu mahallada istiqomat qiluvchi aholi uchun tomorqasiga qoʻshimcha ravishda yana 15 sotixdan, jami 4,5 gektar yer maydoni ajratilgan boʻlib, bu yerda sarimsoqpiyoz yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan. Umuman olganda, tuman boʻyicha 600 gektar maydonda parvarishlanayotgan sarimsoqpiyoz hududning iqtisodiy-ijtimoiy ravnaqiga xizmat qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер