Ekin maydonlarini sugʻorishga muqobil energiya koʻmakka keldi

Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Shofirkon tumanidagi “Bafo bobo Choʻpon ota” fermer xoʻjaligida ekin yerlarini sugʻorishga sarflanadigan elektr energiyasi xarajati keskin kamaydi. Bu uning qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishga kirishgani bilan bogʻliq.
— 32 gektar maydonda dehqonchilik qilyapmiz, — deydi fermer Oʻktam Yoqubov. — Bir oyda oʻrtacha 11 ming kVt/soat elektr energiyasi sarflanadi. Bu tabiiyki, bizni ancha-muncha sarf-xarajatga qoʻyayotgandi. Bu masalaga mutaxassislar tavsiyasiga koʻra, quyosh panellari oʻrnatish orqali yechim topdik.
Xoʻjalikda oʻrnatilgan quyosh panellari 60 kVt quvvatga ega. Bu elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojning salmoqli qismini qoplash bilan birga suv nasosining barqaror ishlashini taʼminlaydi. Xususan, vegetatsiya davrida ob-hayot taʼminotida uzilish boʻlmaydi.
Aytish joizki, tumandagi bir qator fermer xoʻjaliklarida quyosh panellarini oʻrnatish ishlari davom etmoqda. Shu maqsadda moliyaviy muassasa tomonidan 1 milliard 393 milliard soʻm miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring