Yekaterina Shubina marraga eng oxirgi boʻlib keldi, ammo yarim final uchun kurashda qoladi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Baydarkada eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Yekaterina Shubina “Parij-2024” yozgi Olimpiadasidagi ishtirokini boshladi.
Qayd etish kerakki, yurtdoshlarimiz orasida birinchi boʻlib Yekaterina Shubina 500 metr masofaga kechgan saralash bosqichida startga chiqdi.
5-guruhda harakat qilgan Shubina 1:58.37 daqiqa bilan 6-boʻlib marra chizigʻini kesib oʻtdi. Endi yurtdoshimiz chorak final orqali yarim final yoʻllanmasi uchun kurashni davom ettiradi.
Shubina Yekaterina Vyacheslavovna 1988-yil 2-mayda tugʻilgan. “Pekin-2008”, “London-2012”, “Rio-2016” va “Tokio-2020” yozgi Olimpiya oʻyinlarining kvalifikatsion musobaqalarida oʻta olmagan, biroq “Parij-2024” musobaqasiga yoʻllanma oldi.
Baydarkachi qizimiz faoliyati davomida Osiyo oʻyinlarida 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻlgan. Shuningdek, qitʼa chempionati va Jahon kubogi bosqchilarida ham bir necha bor shohsupaga koʻtarilgan.
Avvalroq,Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev Parij Olimpiadasi oltini uchun ringga chiqishi haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring