Ehtiyojmand oilalarga bayram sovgʻalari topshirildi

15:26 24 Mart 2025 Jamiyat
259 0

Gʻayrat OTAJONOV/“Xalq soʻzi”. Yurtimizda ijtimoiy yordamga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning turmush sharoitini yaxshilash, ularning hayotdan rozi boʻlib yashashi uchun qulayliklar yaratish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ijtimoiy himoya milliy agentligining shahar va tumanlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan Navroʻz ayyomi va muborak Ramazon oyi munosabati bilan tashkil etilgan saxovat tadbirlari ehtiyojmand oilalarga bayram shukuhini olib kirmoqda.

— Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlari hududlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga bayram sovgʻalarini taqdim etmoqda, — deydi Kegeyli tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Rita Turdanova. — Tumanimizda oʻn besh ming toʻrt yuzdan ortiq oila istiqomat qiladi, ulardan bir ming uch yuz bitta oila “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan. Bugun shunday oilalarga oziq-ovqat mahsulotlariga qoʻshimcha mevali koʻchat daraxtlari ham tarqatildi. Eʼtiborlisi, tomorqalariga koʻchat ekib, bogʻ yaratish taraddudida boʻlishayotgani bizni quvontiradi.

Bayram kunlarida oʻtkazilgan saxovat tadbirlarida soʻz olganlar shu kabi ezgu ishlar “Inson qadri uchun” degan tamoyilning amaldagi ifodasi ekanini taʼkidlashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер