“Ehtirom”ga sazovorlar aniqlandi
Foto: Hakim Yo‘ldoshev, «Xalq so‘zi»
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan yurtimizda faol va sermahsul ijod qilayotgan sanʼat va madaniyat vakillari hamda oʻz ijodiy tajribalari bilan yoshlarga ibrat boʻlayotgan ustoz sanʼatkorlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan “Ehtirom” mukofotining navbatdagi sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirni Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ochib berdi. Uchinchi marotaba oʻtkazilgan ushbu tanlovdan koʻzlangan maqsad – ustoz ijodkorlarning mehnatlarini munosib qadrlash, yosh sanʼatkorlar ijodini eʼtirof etish va ragʻbatlantirish, shu bilan birga ularni kelgusida ulkan marralarni zabt etishga daʼvat qilishdan iborat ekanligi tadbirda taʼkidlab oʻtildi.
– Ijod ahliga eʼtibor, ehtirom, bir ogʻiz eʼtirof ham ijodkorga ruhiy madad beradi, ilhomiga ilhom qoʻshadi. – deydi “Yil adibi” nominatsiyasi gʻolibi Xurshid DOʻSTMUHAMMAD. – Oʻtgan yili buyuk adibimiz Abdulla Qodiriy hayotiga bagʻishlab “Yolgʻiz” nomli qissa yozdim va u oʻzbek drama teatrida sahnalashtirildi. Ushbu qissa nafaqat adabiy, nasriy asar, balki sahna asariga ham aylagani alohida, unutilmas bir voqea boʻldi men uchun. Mana bugun alohida ehtiromga loyiq koʻrilgani esa ikki karra quvontirdi.
“Ehtirom” mukofoti madaniyat va sanʼat sohalarining 5 ta yoʻnalish boʻyicha 29 ta nominatsiyalarni qamrab olgan. Mukofotining oʻziga xosligi shundaki, u yil davomida sanʼat va madaniyatimizning turli yoʻnalishlarida faol va sermahsul ijod qilgan fidoyi, zahmatkash ijodkorlarni taqdirlaydi, ularga ehtirom koʻrsatadi.
– Bu mukofot “Avloniy” filmimizning yurtimizda erishgan birinchi yutugʻi hisoblanadi. – deydi “Yilning eng yaxshi rejissyori” nominatsiyasi gʻolibi Muzaffarxon ERKINOV. –Qolaversa, eng yaxshi aktyor yoʻnalishida ham bizning filmda bosh rol ijro etgan aktyorning gʻolib deb topilishi barcha film ijodkorlarini birday quvontirdi, ruhlantirdi. Jamoa birgalikda, bahamjihatlikda ishlama rejissyor har qancha yaxshi boʻlmasin ishi koʻrinmaydi. Shu sababdan bugun erishib turgan ushbu yutugʻimiz butun jamoamizga berilgan mukofot hisoblanadi.
Mukofotning bu yilgi sohiblari bilan tanishing:
|
T/R |
Nominatsiya nomi |
Nomzodlar |
|
1.Teatr, kino va ommaviy tomoshalar |
||
|
1. |
“Yil spektakli” |
“Minuvshiye dni” Samarqand viloyati rus drama teatri |
|
2. |
“Yil aktrisasi” |
Nigina Anorboyeva Sharaxmedovna Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi |
|
3. |
“Yil aktyori” |
Yoʻldoshev Alisher Xayitovich “Oʻzbekkino” milliy agentligi xodimi |
|
4. |
“Yil rejissyori” |
Erkinov Muzaffarxon Erkin oʻgʻli Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi, rejissyor
|
|
5. |
“Yil ssenografi” |
Aralov Erkin Xolmuratovich Oʻzbekiston davlat satira teatri bosh rassomi |
|
6. |
“Yil sanʼatshunosi” |
Maxmudov Joʻrabay Obidovich Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professori |
|
7. |
“Yil balet artisti” |
Yusupova Madina Erkin qizi A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri balet artisti
|
|
2. Estrada va anʼanaviy, opera xonandalik, musiqa ijrochiligi va raqs sanʼati |
||
|
8. |
“Yil anʼanaviy qoʻshiqchisi” |
Solijonov Xushnudjon Xurshid oʻgʻli Yu.Rajabiy nomidagi maqom ansambli xonandasi |
|
9. |
“Yil opera ijrochisi” |
Normatova Malika Raximovna A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri opera xonandasi
|
|
10. |
“Yil estrada xonandasi” |
Rustamova Dilafruz Ismoiljon qizi (Afruza) “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi
|
|
11. |
“Yil sozandasi” |
Abdurashidov Abdulaxad Oʻzbekiston Xalq artisti
|
|
12. |
“Yil badiiy jamoasi” |
Oʻzbekiston milliy simfonik orkestri Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Dirijyor – Kabduraxmanov Alibek Asatullayevich
|
|
13. |
“Yil bastakori” |
Erkayev Nurali Ikramjan oʻgʻli Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi oʻqituvchisi, |
|
14. |
“Yil baletmeysteri” |
Andris Liyepa Marisovich A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri bosh baletmeysteri |
|
15. |
“Yil raqqosasi” |
Ortiqova Dilnoza Ilxombayevna Xorazm viloyati filarmoniyasi raqqosasi |
|
16. |
“Yil folklor jamoasi” |
Fargʻona viloyati, Margʻilon shahar, Rahbar – Akbarov Akbarxon Komilovich |
|
3. Tasviriy va amaliy sanʼat |
||
|
17. |
“Tasviriy sanʼat jonkuyari” |
Mamadjanov Anvar Alimjanovich Respublika rassomlik kolleji oʻqituvchisi |
|
18. |
“Yil muzeyi xodimi” |
Sыcheva Valentina Yegorovna Qoraqalpogʻiston Respublikasi I.V.Saviskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi bosh muhofizi
|
|
19. |
“Yil madaniyat markazi” |
Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani Direktor – Rajabova Nurxon Aslonovna
|
|
20. |
“Yil kutubxonachisi” |
Oʻroqov Aʼzam Asqarovich Buxoro viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi direktori |
|
4. Badiiy ijod, jurnalistika va televideniye |
||
|
21. |
“Yil adibi” |
Dosmuxamedov Xurshid Nabiyevich Erkin ijodkor
|
|
22. |
“Madaniyat sohasining faol ommaviy axborot xodimi” |
Rahimxoʻjayeva Shahnoza Akbaraliyevna “Mahalla” gazetasi muhbiri |
|
23. |
“Yil teleradiojurnalisti” |
Buriyeva Xulkar Turakulovna “Oʻzbekiston 24” telekanali Fan, taʼlim va madaniyat boʻlimining birinchi toifali muharriri |
|
24. |
“Yilning eng faol ijtimoiy tarmogʻi” |
Xabar.uz Qosimov Zafar – muxbir |
|
5. Eʼtibor, ehtirom, eʼzoz |
||
|
25. |
“Sahnamiz farishtasi” (malikasi) |
Yusupova Toʻti Oʻzbek Milliy akademik drama teatri yetakchi sahna ustasi
|
|
26. |
“Klassik asardagi eng yaxshi rol ijrochisi” |
Berdiyev Ilxombek Yuldashevich Oʻzbekiston davlat drama teatri aktyori |
|
27. |
“Oʻzbek sanʼati fidoiysi” |
Zokirova Gavhar Akmalovna Oʻzbek Milliy akademik drama teatri yetakchi sahna ustasi
|
|
28. |
“Tashabbuskor hududiy boshqarma boshligʻi” |
Faxradov Kamol Jamolovich Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi boshligʻi
|
|
29. |
“Moddiy madaniy meros jonkuyari” |
Mamatkulova Shoxista Anvarovna Surxondaryo viloyat madaniy meros boshqarmasi boshligʻi
|
Yulduz OʻRMONOVA,
“Xalq soʻzi”.
Hakimjon YOʻLDOSHEV
olgan suratlar
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring