Dzyudochilarimiz yilni yuqori notada yakunlashga hozirlanishmoqda
2022-yil 20-22-dekabr kunlari Isroilning Quddus shahrida dzyudo boʻyicha Masters turniri boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi unda ishtirok etadigan tarkibimizni eʼlon qildi. Ung koʻra, dzyudo olamidagi yilning yakuniy turnirida 17 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Masters nufuzi jihatidan jahon chempionatidan keyingi pogʻonada turuvchi musobaqa hisoblanadi. Unda jahon reytingida 36 talikdan joy olgan sportchilargina ishtirok etishi mumkin. Turnirda oʻz vazn toifasida gʻolib boʻlgan sportchi hisobini jahon reytingi uchun 1800, Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlida esa 900 ochkoga boyitib oladi.
Ilias Iliadis boshchiligidagi jamoa ayni paytda Tokioda xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida boʻlib turibdi. Hamyurtlarimiz 16-dekabr kuni Yaponiyadan Isroilga yoʻl olishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring