Dzyudochilar jamoaviy bahsda bronza medaliga sazovor boʻldi
Parij shahrida dzyudo boʻyicha harbiylar oʻrtasida jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi. Soʻnggi jamoaviy bellashuvlarda yigitlarimiz shohsupaga koʻtarildi.
Chorak finalda Braziliyadan ustun kelgan polvonlarimiz yarim finalda avstriyalik raqiblariga kichik hisobda imkoniyatni boy berib qoʻyishdi.
Bronza medali uchun kechgan bellashuvda Eron jamoasi magʻlub etildi. Afsuski, qizlarimiz uchinchi oʻrin uchun bahsda avstriyalik raqibalariga imkoniyatni boy berib qoʻydilar. Qayd etish joiz, qizlarimiz 5 oʻringa moʻljallangan bahsda 3 sportchi bilan yurtimiz sharafini himoya qildilar. Bu esa foydalanilmagan 2 oʻrinda raqibga ustunlik beradi. Shunday boʻlsa ham, ular bronza medali uchun kurashish bosqichigacha yetib kelishdi.
Eslatib oʻtamiz, dzyudochilarimiz yakkalik bellashuvlarda 4 ta oltin va 1 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring