Dunyoning eng zoʻr polvonlari Kurash vatanida kuch sinashadi
Joriy yilda Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi hamkor tashkilotlar bilan xalqaro turnirlar oʻtkazishning yangi tizimini yoʻlga qoʻygan edi. World Series Pro va World Series Masters deb nomlangan turnirlarda dunyoning barcha qitʼasi milliy federatsiyalari va eng sara polvonlar ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
Qitʼaviy chempionatlar soʻngida World Series Pro turniri uchun erkaklar -66 kg, -81 kg, -90 kg va mutloq vazn toifalarida ayollar -57 kg, -70 kg va mutloq vazn toifalarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun gilamga chiqdilar.
22-noyabr kuni Toshkentda World Series Masters oʻz gʻoliblarini aniqlaydi. Toshkent shahridagi eng zamonaviy “Alpomish” sport saroyida 4 qitʼadan kelgan dunyoning eng kuchlilari bellashadi. Gʻoliblarni esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini kutmoqda. 1-oʻrin 10 000 AQSH dollari, 2 -oʻrin 5 000 AQSH dollari va 3 oʻrin egalari 1 000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring