Dunyoning eng qimmat futbolchisi eʼlon qilindi. U Messi ham, Ronaldu ham emas
“CIES Football Observatory” dunyoning eng qimmat futbolchisini eʼlon qildi.
Reytingda birinchi oʻrinni Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Markus Rashford egalladi. Uning narxi 165,6 million yevroga baholanmoqda.
Ikkinchi oʻrinda “Borussiya Dortmund”ning norvegiyaliye hujumchisi Erling Xoland (152 million yevro) band etdi. “Liverpul” klubi va Angliya terma jamoasi himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold (151,6 million yevro) uchinchi pogʻonada qayd etildi.
Roʻyxatda “Barcelona” klubining argentinalik hujumchisi Lionel Messi 97-oʻrindan joy oldi. Uning narxi 54 million yevroga baholangan. Portugali terma jamoasi va “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning qiymati Messinikida yetti million yevro kam baholangan va u 131-oʻrinni egalladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring