Dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida Oʻzbekiston 79-oʻrinni egalladi

21:31 13 Iyul 2024 Jamiyat
1178 0

Oʻzbekiston dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida bir pogʻona pastladi. Bu koʻrsatkich “Henley & Partners” xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan reytingida qayd etilgan.

Keltirilishicha, Oʻzbekiston mazkur reytingda 79-oʻrinni egallagan, unga koʻra, mamlakat fuqarolik pasportiga ega boʻlganlar 64 ta davlatga vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda kirish imkoniga ega. Aytish joiz, 2023-yilda Oʻzbekiston ushbu reytingning 78-oʻrinni band qilgandi.

Oʻzbekistondan tashqari Kuba, Mongoliya va Mozambik kabi mamlakatlar ham 79-oʻrinda qayd etilgan.

Reytingda birinchi oʻrinni Singapur pasporti egallagan boʻlib, ushbu mamlakat fuqarolari 195 ta mamlakatga vizasiz kirish imkoniyatiga ega. Reytingda ikkinchi oʻrinni esa Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya va Ispaniya (194 ta davlatga vizasiz kirish) band qilgan. Avstriya, Finlyandiya, Islandiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Janubiy Koreya va Shvetsiya esa 193 ta davlatga vizasiz kirish imkoniyati bilan reytingning uchinchi oʻrnini egallagan.

Markaziy Osiyo davlatlarining pasport reytingidagi oʻrni quyidagicha:

  • Qozogʻiston 67-oʻrin (79 ta davlat);
  • Qirgʻiziston 78-oʻrin (65 ta davlat);
  • Tojikiston 82-oʻrin (60 ta davlat);
  • Turkmaniston 90-oʻrin (52 ta davlat).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?