Dunyoni mehr asraydi

19:02 04 Dekabr 2023 Jamiyat
172 0

Foto: Xalq soʻzi

Fargʻona shahridagi “Jasmin” tantanalar majmuasida 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda viloyatdagi nogironlar, zaif eshituvchilar va koʻzi ojizlar jamiyati hamda afgʻonchilar va chernobilchilar birlashmasining 320 nafardan ziyod aʼzolari ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, Prezidentimiz tashabbusi bilan keyingi yillarda yurtimizda imkoniyati cheklanganlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga barcha zarur sharoitlarni yaratib berish, ularning sogʻligi, taʼlim olishi va bandligini taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotir. Ayni jarayonda “Inson qadri uchun” tamoyili bosh mezon boʻlmoqda.

Tadbirda oʻzlarining matonatli mehnati, jamiyat hayotidagi faol ishtiroki orqali barchaga oʻrnak boʻlayotgan hamyurtlarimiz nomi alohida mamnuniyat bilan eʼtirof etildi. Bir safda faol mehnat qilayotgan hamyurtlarimizga sovgʻalar ulashildi.,

— Ayni paytda viloyatda 87 ming nafar ortiq nogironligi boʻlgan shaxslar istiqomat qiladi, — deydi Fargʻona viloyati hokimligi masʼul xodimi Shohidbek Aslonov. — Ularning 2 ming 970 nafar oʻzgalar parvarishiga muhtoj va yolgʻiz yashaydigan keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan boʻlib, 351 nafar ijtimoiy xodimlar tomonidan uylarida ijtimoiy xizmat koʻrsatib kelinyapti.

Shuningdek, viloyatda reabilitatsiya qilishning texnik vositalari hamda protez-ortopediya moslamalariga muhtoj shaxslarni ushbu vositalar bilan taʼminlash maqsadida 2 mlrd. 870 mln. soʻm mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 1720 nafar fuqarolar reabilitatsiya texnik vositalari hamda 454 nafar fuqarolar 874 dona protez-ortopediya mahsulotlari bilan taʼminlandi.

Shu bilan birga “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashovchi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning oziq-ovqat, dori-darmon va shaxsiy gigiyena vositalari taʼminoti uchun 10 mlrd. 143 mln. soʻm byudjet mablagʻlari ajratildi. Oʻz navbatida 1 mlrd. 961 mln. soʻm homiylik mablagʻlari hisobidan oziq-ovqat, dori-darmon, kiyim-kechak va boshqa koʻrinishdagi yordamlar koʻrsatildi.

Yaqinda viloyat hokimligi tomonidan barcha Tibbiy ijtimoiy muassasalarga 35 ta televizor topshirildi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligining mablagʻlari hisobidan turli buyumlar xarid qilish uchun 105 mln. soʻm ajratib berildi.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер