Dunyodagi yirik kompaniyalar iqlimga 28 trillion dollar zarar yetkazdi

19:28 28 Aprel 2025 Dunyo
149 0

Illyustrativ foto

“Nature” jurnalida chop etilgan yangi tadqiqotga muvofiq, dunyodagi eng yirik korporatsiyalar iqlimga qariyb 28 trillion dollarlik zarar yetkazgan.

AQSHdagi Dartmut kolleji mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot tamaki va yoqilgʻi gigantlari kabi kompaniyalarni atrof-muhitga taʼsiri uchun moliyaviy javobgarlikka tortishga qaratilgan.

Olimlar 111 ta korporatsiya faoliyati natijasida yuzaga kelgan issiqxona gazlari tashlanmalarini baholab, umumiy zararning yarmidan koʻpi “Saudi Aramco”, “Chevron, ExxonMobil”, BP, “Shell” va boshqa yoqilgʻi sanoatidagi oʻnta yirik kompaniyaga toʻgʻri kelishini aniqladi.

Qayd etilishicha, 28 trillion dollarlik zarar miqdori AQSH yalpi ichki mahsulotining yillik hajmidan biroz kamroq.

Shuningdek, 1990-yildan buyon issiqxona gazlari tashlanmalarining har 1 foizi uchun haroratning koʻtarilishi tufayli, boʻronlar, qurgʻoqchilik va suv toshqinlari kabi ekstremal ob-havo hodisalaridan koʻrilgan zararni hisobga olmaganda, 502 milliard dollar atrofida ziyon yetkazilgani aniqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер