Dunyodagi eng ulkan shamol turbinasi jahon rekordini oʻrnatdi
Quvvati 16 MVt boʻlgan va Fuszyan provinsiyasining (Xitoy) qirgʻoqboʻyi akvatoriyasiga oʻrnatilgan shamol turbinasi bitta qurilmaning bir sutka mobaynida energiya ishlab chiqarishi boʻyicha jahon rekordini yangiladi.
24 soat davomida maksimal rejimda uzluksiz ishlagan uskuna 384 ming 100 kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqardi.
Mazkur qurilmaning balandligi 152 metrni tashkil etadi. Bu taxminan 50 qavatli turarjoy binosiga teng, deganidir.
Uskuna 290 km/s tezlikdagi shamolga ham bardosh bera oladi. Har bir parragining uzunligi 123 metr, umumiy ogʻirligi esa 54 tonna boʻlgan ushbu shamol turbinasi bir yilda 36 mingta xoʻjalikni elektr energiyasi bilan taʼminlay oladi.
Ayni shu jihatlari bilan u bugungi kunda dunyodagi eng quvvatli va rotor hajmiga koʻra, eng kattasi ham hisoblanadi. Uni shu yilning yozida oʻrnatishgan edi. Turbina har yili 66 million kVt⋅soat ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring