Dunyodagi eng qimmat koʻchalar nomi eʼlon qilindi?
Kozuey-Bey koʻchasi, Singapur. Foto: Gou Chayna
Dunyodagi eng qimmat koʻcha deb Gonkongdagi Kozuey-Bey topildi. Sababi bu yerda 1 kvadrat metr joyni bir yilga ijaraga olish uchun 24,6 ming yevro sarflash kerak.
RBK xabariga koʻra, soʻnggi besh davomida mazkur maqomni Nyu-Yorkdagi Beshinchi avenyu egallab kelgan edi.
Mazkur reyting qimmat koʻchmas mulk bozorida konsalting bilan shugʻullanadigan Cushman & Wakefield kompaniyasi tomonidan tuzildi.
Beshinch avenyuda oʻrtacha ijara stavkasi joriy yilda kv.metr uchun 28,262 ming yevrodan 20,733 ming. yevrogacha pasaydi.
Uchinchi oʻrin Londondagi Nyu-Bond-strit (16,071 ming yevro)ga nasib etdi. Oʻz navbatida ushbu koʻcha Yevropadagi eng qimmat koʻcha maqomini saqlab qoldi.
Ushbu roʻyxatning birinchi oʻntaligidan yana quyidagilar oʻrin olgan: Parijdagi Yelisey maydoni (13,992 ming yevro), Milandagi Via Montenapoleone (13,5 ming yevro), Tokiodagi Gindza nohiyasi (11,232 ming yevro), Sidneydagi Pitt-Strit-Moll (8882 yevro), Seuldagi Myondon koʻchasi (8364 yevro), Syurixdagi Banxofshtrasse (7872 yevro), Venadagi Kolmarkt koʻchasi (4740 yevro).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring