Dunyodagi eng issiq choʻllaridan birida yangi hayvon turi topildi

22:10 07 Sentyabr 2020 Dunyo
2118 0

Deshte-Lut – Yerdagi eng issiq choʻl, bu joy uchun harorat koʻrsatkichi 80,3 darajani tashkil qiladi.

Ammo ob-havo sharoitidan tashqari, choʻl oʻzining kattaligi bilan hayratlanarli, uning maydoni butun mamlakatni qamrab olishi mumkin, masalan, Shveysariyani.

Aynan Deshte-Lutda olimlar chuchuk suvli qisqichbaqasimonlarning yangi turlarini kashf etdi.

Kashf etilgan organizm Phallocryptus turiga mansub boʻlib, biologlar unga Phallocryptus Fahimii deb nom berishdi.

Olimlarning taʼkidlashicha, ulardan faqat toʻrt turi ilgari qurgʻoqchil mintaqalarda yashashi maʼlum boʻlgan.

Doktor Xusseyn Rajay va doktor Aleksandr V. Rudov ushbu kashfiyotni choʻl ekologiyasini, biologik xilma-xillikni, geomorfologiyani va paleontologiyani yaxshiroq oʻrganish uchun boshlagan ekspeditsiya paytida amalga oshirdilar. 

Doktor Rajayning aytishicha, yangi tur choʻlning janubiy qismidagi kichik mavsumiy koʻlda topilgan.

“Ekspeditsiya paytida bunday gʻayrioddiy joy har doim koʻproq eʼtiborni tortadi, ayniqsa, suv haqida gap ketganda. Ushbu issiq va quruq muhitda qisqichbaqasimonlar kashf etilishi haqiqatan ham, shov-shuvli xabar“, – deb yozadi Rajay.

Ilgari Avstraliya choʻllaridan shu kabi qisqichbaqasimonlar bilan ishlagan doktor Shventner quyidagilarni qoʻshimcha qildi.

“Bu qisqichbaqasimonlar oʻnlab yillar davomida quruq choʻkindilarda yashab, nam mavsumda chiqadilar.

Ular choʻl sharoitida hayotga mukammal moslashgan. Ularning Deshte-Lut choʻlida ham omon qolish qobiliyati ularning chidamliligini anglatadi”.

Olimlarning taʼkidlashicha, choʻlda yillik yogʻingarchilik yiliga 30 millimetrdan oshmaydi, bu faqat ushbu turdagi hayvonning ogʻir choʻl sharoitida omon qolish uchun ajoyib qobiliyati borligidan dalolat beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?