Dunyodagi chuchuk suv zaxiralari kamaydi
2014-yildan beri dunyoda chuchuk suv zaxiralari keskin kamaymoqdas, deyiladi xalqaro olimlar guruhi hisobotida.
Tadqiqotchilar 2015-yildan 2023-yilgacha bo'lgan orbital kuzatuv ma'lumotlarini tahlil qilishdi. NASA sun'iy yo'ldoshlari tomonidan to'plangan ma'lumotlar shuni ko'rsatdiki, chuchuk suv, jumladan, daryolar, ko'llar va yer osti buloqlari 2002-2014-yillardagidan 1200 kub kilometrga kam.
Olimlarning fikricha, global chuchuk suv zaxiralarining qisqarishi Braziliyada keng tarqalgan qurg‘oqchilikdan boshlangan. So‘ngra Osiyo, Avstraliya, Janubiy Amerika, Shimoliy Amerika, Yevropa va Afrikada bir qator yirik qurg‘oqchiliklar kuzatilgan.
Qayd etilishicha, tropik Tinch okeanida suv haroratining ko‘tarilishi atmosfera reaktiv oqimlarining o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. Buning natijasida butun dunyo bo‘ylab yog‘ingarchilik shakllari o‘zgargan. Yog'ingarchilik endi toza suv zaxiralarini to‘ldirish uchun yetarli emas.
Olimlarning ta'kidlashicha, kuchli yog'ingarchiliklar orasidagi uzoq tanaffuslar tuproqning qurib, qattiqlashishiga olib keladi. Bu yog'ingarchilik paytida yerga so'rilgan suv miqdorini kamaytiradi.
Global isish Yerdagi chuchuk suvning yanada kamayishiga olib keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring