Dunyoda 100 milliondan ortiq kishi elektron sigaret chekadi, ularning kamida 15 millioni — oʻsmirlar
Jahonda 100 milliondan ziyod odam elektron sigaretadan foydalanadi, ularning kamida 15 millioni 13–15 yoshli oʻsmirlardir. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST)ning yangi hisobotida maʼlum qilindi, deb xabar bermoqda TASS.
Hisobotga koʻra, elektron sigaretalardan kamida 86 million kattalar foydalanadi. Asosiy foydalanuvchilar — yuqori daromadli mamlakatlarda yashayotgan shaxslar.
JSSTning sogʻliqqa taʼsir qiluvchi omillar, profilaktika va sogʻlom turmush tarzini rivojlantirish boʻlimi direktori Etyen Krug elektron sigaretalar yangi nikotinga bogʻliqlik toʻlqinini kuchaytirayotganini taʼkidladi:
“Elektron sigaretlarni koʻpincha zararni kamaytiruvchi vosita sifatida targʻib qilishadi. Ammo amalda ular bolalarni nikotinga ertaroq oʻrgatadi va sogʻliqni saqlashdagi oʻn yillik yutuqlarni xavf ostiga qoʻyishi mumkin”, — dedi u.
Eslatib oʻtamiz, joriy yil aprel oyi oxirida Oʻzbekiston Senati tamaki mahsulotlari hamda nikotin isteʼmol qilish qurilmalari aylanmasiga oid talablarni kuchaytirishga qaratilgan qonunni qabul qilgan edi.
Yangi qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartishlar kiritildi. Unga koʻra, tamaki mahsulotlari, nikotin yetkazib berish elektron tizimlari, shu jumladan elektron sigaretlar va ular uchun moylar yoki suyuqliklarni qonuniy asossiz ishlab chiqarish, sotish, saqlash, tashish, olib kirish yoki chiqarish uchun javobgarlik belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring