Dunyo aholisining 43,1 foizi nevrologik kasalliklardan aziyat chekmoqda — JSST
Nevrologik kasalliklar — nogironlikni keltirib chiqaruvchi eng asosiy omillardan biri. Qolaversa, bunday xastaliklar erta oʻlimga olib keluvchi sabablar orasida yetakchi oʻrinlarda.
Britaniyada chop etiladigan “Lancet Neurology” tibbiyot jurnalida eʼlon qilingan maqola ayni shu mavzuda. Undan Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ishtirokida 1990-yildan 2021-yilgacha oʻtkazilgan keng koʻlamli tadqiqot natijalari joy olgan.
Qayd etilishicha, dunyoda 3,4 milliard kishi, boshqacha aytganda, Yer yuzi aholisining 43,1 foizi nevrologik kasalliklardan aziyat chekmoqda. Bu borada insult, neonatal ensefalopatiya, migren, demans, diabetik neyropatiya, meningit, epilepsiya, autizm kabi xastaliklar ulushi yuqori.
Tadqiqot davomida oʻrganilgan bunday kasalliklar soni 37 ta. Yakuniy hisob-kitoblarga koʻra, ushbu patologiyalar asoratlari 1990-yildan 2021-yilgacha 11,1 million kishining oʻlimiga sabab boʻlgan.
Xastaliklar taqsimoti yosh toifasiga qarab farqlanadi. Masalan, 20 yoshdan 59 yoshgacha boʻlgan bemorlar oʻrtasida insult, migren va diabetik neyropatiya tashxislari yuqori oʻrinni egallaydi. 60-79 yoshlilar orasida esa insult, Alsgeymer, demans, diabetik neyropatiya bilan xastalanganlar soni koʻp.
Olimlarning taʼkidlashicha, asab tizimi buzilishlari oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotganlar safida erkaklar ulushi ayollarga nisbatan sezilarli darajada yuqori.
Nevorologik xastaliklardan eng koʻp aziyat chekkan mintaqalar roʻyxatida Gʻarbiy va Markaziy Afrika davlatlari peshqadam. Eng past statistika Avstraliya, Okeaniya va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida joylashgan yuqori daromadli mamlakatlar hissasiga toʻgʻri keladi.
Tabiiyki, mutaxassislar bunday koʻrsatkichlardan jiddiy xavotirda. Xususan, JSST rahbari Tedros Gebreyesus ushbu tadqiqot hukumatlar uchun diagnostika, davolash va reabilitatsiya xizmatlari sifati hamda koʻlamini oshirish boʻyicha kuchli chaqiriq boʻlishi kerakligini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring