Dubayda oʻzbekistonlik yoʻlovchi samolyot bortida janjal chiqardi
Dubaydan Toshkentga uchishga hozirlik koʻrayotgan samolyot bortida mushtlashuv kelib chiqdi. Bu haqda Transport va turizm obyektlarida xavfsizlik departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 16-aprel kuni Dubay shahrida Uzbekistan Airways aviakompaniyasining reysi Toshkentga uchishga hozirlik koʻrayotgan boʻlgan.
Samolyot eshiklari yopilgan va trap olib tashlangan, biroq noqulay ob-havo sharoiti tufayli parvoz kechiktirilgan. Bu vaqtda yoʻlovchilardan biri, 45 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi janjal keltirib chiqargan.
U baland ovozda soʻkingan va samolyot eshiklarini ochishni talab qilgan. Samolyot ekipaji gʻazab otiga mingan ayol bilan munozara qilishga urinib koʻrgan. Boshqa bir yoʻlovchi uni tinchlantirishga uringan, biroq bu ayollar oʻrtasida mushtlashuvga sabab boʻlgan.
Shundan soʻng aeroport politsiyasi ikkala yoʻlovchini ham reysdan olib chiqib ketgan, bu voqea uchish vaqtining 2 soatga kechikishiga olib kelgan. Oqibatda boshqa reyslar jadvali ham majburiy oʻzgartirilgan va bu aviatashuvchiga 5037 dollar miqdorida qoʻshimcha xarajatlar keltirib chiqargan.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlik boshqarmasi tomonidan yoʻlovchilarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilib, yetkazilgan zarar toʻliq qoplangan, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzilib, sudga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring