Dubay yirik konferensiyani o‘tkazishga tayyor. Fotoreportaj

17:48 30 Noyabr 2023 Iqtisodiyot
4060 0

Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 30 noyabr – 2 dekabr kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun Dubay shahrida bo‘ladi.

Iqlim bo‘yicha global sammitda dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarining davlat va hukumatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar rahbarlari qatnashadi.

Tadbir kun tartibidan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi asosiy qoidalarini amalga oshirish, bugungi ekologik tahdid va xatarlarga qarshi kurashish, “yashil” taraqqiyot maqsad va vazifalarini ilgari surishda keng hamkorlik masalalari o‘rin olgan.

Ushbu tadbirni yoritishda ishtirok etayotgan "Xalq so‘zi" muxbiri Dubaydan fotoreportaj tayyorladi.

Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер