DTM ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan test materiallari boʻyicha izoh berdi

15:50 05 Avgust 2021 Jamiyat
2183 0

Davlat test markazi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan test materiallari yuzasidan izoh berdi.

Qayd qilinishicha, matematika fanidan test topshiriqlari aks etgan 1173366 raqamli test topshiriqlari kitobi diagnostik test sinovlariga taalluqli boʻlib, Buxoro viloyatidagi “GMK” oʻquv markazi tomonidan 2021-yil 1-may kuni 13288 raqam bilan buyurtma qilingan va 5-may kuni test materiallari oʻquv-markaziga yetkazilgan. Mazkur test topshiriqlari kitobi 5-avgust (bugun) sanasidan boshlangan oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli emas.

Matematika va biologiya fanlaridan test topshiriqlari aks etgan lekin test topshiriqlari raqami koʻrinmagan test topshiriqlari kitoblari diagnostik test sinovlariga taalluqli boʻlib, mazkur test topshiriqlari kitoblari 5-avgust (bugun) sanasidan boshlangan oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida ishlatilmagan.

Kimyo fanidan test topshiriqlari aks etgan 7016128 raqamli test topshiriqlari kitobi 2020-yilda oʻtkazilgan test sinovlariga taalluqli boʻlib, mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalanayotgani aniqlanib, dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilgan.

Biologiya fanidan test topshiriqlari aks etgan 1122414 raqamli test topshiriqlari kitobi bugun Namangan viloyatida oʻtkazilgan test sinovlariga taalluqli boʻlib, mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalanayotgani aniqlanib, dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilgan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?