“Dovurxonning mahorati” hujjatli filmi suratga olinmoqda

16:06 22 Aprel 2022 Madaniyat
1422 0

Kinematografiya agentligi, Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning Toshkent filiali hamda “Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi” DUK bilan hamkorlikda “Matonat maktabi” loyihasi boʻyicha filmlarni suratga olish ishlari davom etmoqda.

Kuni kecha “Dovurxonning mahorati” hujjatli filmining suratga olish ishlari boshlandi. Mazkur film para dzyudo boʻyicha 81 kg. vazn toifasida ishtirok etgan va final bosqichida gʻalaba qozongan mohir sportchi, oltin medal sohibi Dovurxon Karomatov haqida hikoya qiladi.

Ssenariy muallifi Kamola Yoʻldosheva, rejissyor Ilhom Haydarov, postanovkachi operator Abror Sodiqov, ovoz rejissyori Mashrab Tursunpoʻlatov, muharrir Umida Yaxshiboyeva, kartina direktori Sunnatilla Samatov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?