Dori vositalarini qanday suyuqlik bilan ichish kerak?
Mutaxassislar fikricha, har qanday suyuqlik ham qabul qilinayotgan preparatga toʻgʻri kelmasligi mumkin. Zero, har qaysi dori vositasining tarkibi va taʼsir doirasi turlicha boʻlib, u yoki bu turdagi suyuqlik bilan oʻzaro taʼsirga kirishadi.
Muattar Xoʻjayeva,
farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent:
Suv, yoki minerallar?
— Kapsuladagi tabletkalar tik turgan holatda 100 ml. qaynatilgan iliq suv bilan ichilishi kerak. Suyuqlik miqdori oz boʻlsa, kapsula qiziloʻngachga yopishib qolishi ham mumkin.
Yurak faoliyatini yaxshilashga moʻljallangan tomchi dorilarni 20-30 ml. suv yoki qand boʻlagiga tomizib, soʻng qabul qilsa ham boʻladi.
Mukalitik turdagi tabletkalar (mukaltin) 1 osh qoshiq suvda eritib ichilsa, yaxshi taʼsir etadi.
Eritromitsin guruhiga mansub dori vositalarini ishqorli suv bilan qabul qilish lozim. Nordon sharbatlar esa tavsiya etilmaydi.
Kofein, teobromin va teofillin preparatlari esa aksincha nordon sharbatlar bilan ichilishi mumkin.
Isitma qoldiruvchi dori vositalari sut bilan ichilmaydi! Bunda 150 ml. qaynagan suv kifoya.
Qahva yoxud choy?!
Tanin moddali choylar dori turlari tarkibini oʻzgartirib yuborishi mumkin. Ayniqsa, kamqonlikni davolashda qoʻllaniladigan temir moddasidan iborat preparatlarni choy bilan ichish mumkin emas!
Bu holatda choʻkma hosil boʻlishi va organizmga nojoʻya taʼsir qilish ehtimoli mavjud. Shuningdek, qon-tomir kasalliklari, hazm qilish faoliyatini yaxshilovchi, meʼda yarasi, antibiotiklar hamda nevrologiyada qoʻllaniluvchi dori vositalarini ham choy bilan ichish tavsiya etilmaydi.
Qahva esa preparat taʼsirini kamaytirib, organizmdan ajralib chiqishini tezlashtiradi. Umuman, dorini qahva bilan qabul qilish kutilmagan holatlarga olib kelishi kuzatilgan. Ayniqsa, ogʻriqsizlantiruvchi dori vositalarini ushbu ichimlik bilan ichish jigarga ziyon. Yaxshisi, preparatlarni qaynatilgan suv bilan iching.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring