Dori vositalarini elektron buyurtma qilishda nimalarga eʼtibor berish kerak?

Savollarga Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi boshqarma boshligʻi Muhabbat Ibragimova vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi savollariga javob berdi.
— Dorixonaga borishga imkoni yoʻqlar dori vositalarini elektron tarzda xarid qilishlari mumkinmi?
— Ha, mumkin. “Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga muvofiq, elektron tijorat orqali faqat retseptsiz beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarni elektron tarzda sotish va sotib olishga ruxsat berilgan. Faqat ularni saqlash va yetkazib berishda xavfsizlikni taʼminlagan holda, shuningdek, qonunchilik talablaridan chetga chiqmasdan amalga oshirilishi shart. Ayni vaqtda dori vositalarini yetkazib berishni takomillashtirish uchun “elektron dorixona” tizimini yaratish ustida ish olib borilmoqda. Bu orqali mahalliy dorixonalarning yagona elektron bazasi shakllanadi, aholiga sifatli xizmat koʻrsatish taʼminlanadi.
— Elektron tarzda sotib olingan dori vositalari va tibbiy buyumlar aholiga qanday tartibda yetkazib berilishi kerak?
— Bunda, dori vositalari va tibbiy buyumlarni elektron tijorat orqali chakana sotishda dorixonalarga tegishli veb-saytlar yoki
mobil ilovalarda yuridik shaxsning nomi, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, INN raqami, joylashgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili, bogʻlanish telefon raqami, litsenziya raqami, amal qilish muddati, uni bergan organ nomi koʻrsatilishi majburiy.
Shuningdek, elektron savdo manzilida dori vositalari va tibbiy buyumlar haqidagi maʼlumotlar, jumladan xalqaro patentlanmagan nomi va savdo nomi, chiqarilgan shakli, dozasi, seriyasi, yaroqlilik muddati, ishlab chiqargan davlat (yetkazib beruvchi), qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma, chakana narxi, savdo ustamasi miqdori, muvofiqlik sertifikati, analoglarning mavjudligi, hisob-kitob shakli, yetkazib berish tartibi va narxi koʻrsatilishi shart.
Mahsulotlar tibbiy buyumlar va dori vositalarini tashish uchun maxsus jihozlangan transportlarda farmatsevtik maʼlumotga ega mutaxassis tomonidan yetkazib berilishi belgilab qoʻyilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring