Donald Trampning hibsga olinish xavfi maʼlum boʻldi

03:26 21 Mart 2023 Dunyo
1887 0

Foto: AP

AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning advokatlari hakamlar hayʼati ayblov xulosasiga tayyorgarlik koʻrmoqda, shundan soʻng siyosatchi hibsga olinishi mumkin.

Donald Trampning advokatlari sudyalar hayʼati tomonidan unga qarshi ehtimoliy ayblov eʼlon qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda CNN telekanali oʻz manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, agar Trampga jinoiy ish ochishga qaror qilinsa, uni hibsga olish xavfi bor. Qayd etilishicha, sobiq davlat rahbarining ishi boʻyicha hukm yakuniy bosqichda.

Shuningdek, AQSH Kongressi Vakillar palatasidan respublikachilar Trampga ayblov eʼlon qilmoqchi boʻlgan prokurorni kongressga chaqirgani xabar qilingan.

“Sizning xatti-harakatlaringiz adolatni teng qoʻllashga boʻlgan ishonchga putur yetkazadi va 2024-yilgi saylov kampaniyasi jarayoniga aralashuvga aylanishi mumkin”, deyiladi siyosatchilarning jamoaviy maktubida.

Avvalroq, sobiq prezident pornoaktrisa Stefani Kliffordga toʻlovlar boʻyicha ish yuzasidan soʻroqqa chaqirilgani xabar qilingan edi.

Tasdiqlanishicha, Trampning advokati Maykl Koen 2016-yilgi prezidentlik saylovi kampaniyasi avjida qizga 130 ming dollar toʻlagan. Buning evaziga u siyosatchi bilan munosabatlarini sir saqlashi kerak boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?