Donald Tramp Venesuelaga qochib ketmoqchi. Bu uchun esa bir voqea sodir boʻlmasligi kerak

15:22 13 Avgust 2024 Dunyo
448 0

Foto: nakedscience

Ilon Maskga bergan intervyusida Donald Tramp agar saylovda magʻlub boʻlsa, Venesuelaga qochib ketishi mumkinligini aytdi. U bu haqda “X” tarmogʻida tashkil etilgan suhbatda maʼlum qilgan.

Tramp hazil bilan agar saylov natijalari uning foydasiga chiqmasa, Venesuela AQSHdan koʻra xavfsizroq boʻlishini maʼlum qilgan. AQSHning 45-prezidentining taʼkidlashicha, Venesuela mahbuslarni ozod qilish va ularni AQSHga noqonuniy muhojir sifatida yuborish orqali jinoyatchilik darajasini pasaytirmoqda.

Uning bildirishicha, garchi bu daʼvolar tasdiqlanmagan fakt boʻlsa-da, bu AQSHda jinoyatchilikning oʻsishiga sabab boʻlmoqda. Venesuelalik jinoyatchilik boʻyicha ekspert Roberto Brisenyo-Leon Trampning daʼvolarini rad etib, Venesuela jinoyatchilarni AQSHga yuborayotgani haqida hech qanday dalil yoʻqligini bildirgan.

Trampning Lotin Amerikasiga ketishi haqidagi fikri hazil tariqasida yangragan boʻlsa-da, kuchli siyosiy qurol sifatida talqin qilinmoqda. Buning asosiy sababi esa saylovdagi xayrixohlikni oshirishga ishlatilishi mumkin.

“Agar bu saylovda qoʻrqinchli shou boʻladigan biror narsa yuz bersa, biz keyingi safar Venesuelada uchrashamiz, chunki u bizning mamlakatimizdan koʻra uchrashish uchun ancha xavfsizroq joy boʻladi”, dedi Tramp Maskga. “Yaxshi, biz boramiz. Siz va men! Venesuelada uchrashuv va kechki ovqat qilamiz”, degan Mask.

Trampning Venesuelaga qochib ketishi haqidagi mulohazalari, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, agar Rossiya Ukrainada magʻlubiyatga uchrasa, Venesuelani ehtimoliy boshpana sifatida koʻrgani haqidagi maʼlumotlarga ishora qilishi ham mumkin.

Avvalroq, Rossiyaning sobiq prezidenti Germaniyaga qattiq tahdid qilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер