Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni G20 sammitiga taklif qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
AQSh Prezidenti Donald Tramp Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni G20 sammitiga taklif qildi. Bu haqda Tramp bugun, 24-dekabr kuni oʻzining “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida yozdi.
AQSh Prezidentining qayd etishicha, u bugun ertalab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev telefon orqali muloqot qilgan.
“Biz davom etayotgan mojarolarda tinchlikka erishish muhimligi, shuningdek mamlakatlarimiz oʻrtasida savdo va hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildik. Har ikkala mamlakat bilan munosabatlarimiz aʼlo darajada”, deb yozgan Tramp.
Shuningdek, u har ikki yetakchiga kelasi yili Mayami shahrida boʻlib oʻtadigan G20 sammitida mehmon sifatida ishtirok etishlari uchun taklifnoma yuborishini maʼlum qilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Prezidenti Amerika yetakchisi bilan telefon orqali suhbatlashib, uni oʻzi uchun qulay muddatda mamlakatimizga tashrif bilan kelishga taklif etgani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring